Yamalga “Golden Boy” mukofoti topshirildi
Sport
−
28 noyabr 2024 3970 1 daqiqa
Yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga taqdim etiladigan “Golden Boy” mukofotini Kataloniyaning “Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasida o‘ynayotgan 17 yoshli yarim himoyachi Lamin Yamal qo‘lga kiritdi.
Mutaxassislarning aksar qismi eng yaxshi yosh futbolchini aniqlashda Yamalga ovoz berdi. Yamal 2023 yildan beri “Barselona”da o‘ynab kelmoqda, u allaqachon Ispaniya va Yevropa chempioniga aylangan.
O‘tgan yili “Golden Boy” mukofoti “Real Madrid” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemga nasib etgan edi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Lamin 12 uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr