Yamal jarohatdan qaytdi
Sport
−
06 may 1045 1 daqiqa
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi qanot hujumchisi Lamin Yamal jarohatdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi sport zalida reabilitatsiyaning dastlabki bosqichini yakunlab, hozirda sportzalda individual mashg‘ulotlarni boshlagan.
Yamal joriy yilning 22 aprel kuni chap oyog‘idagi qisman yirtilish sabab jarohat olgandi. Uning Jahon chempionatiga qadar to‘liq tiklanishi kutilmoqda. Mazkur turnir shu yilning 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.
Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, La Liga navbatdagi turida “El-Klasiko” bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsni Madridliklar yetakchisi Kilian Mbappe ham jarohat sabab o‘tkazib yuboradi.