Yamal o‘zini “Oltin to‘p”ni yutish uchun asosiy da’vogar deb aytdi
Sport
−
10:51 236 1 daqiqa
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2025-2026 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha beriladigan “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanini aytdi. Bu haqda u “Movistar” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men uchun hozir dunyoda eng yaxshi ikki futbolchi bor: men va (Fransiya hamda “Real Madrid” hujumchisi) Kilian Mbappe. Menimcha, biz dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun asosiy da’vogarmiz. Bu yil qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarimni hisobga olgan holda, ushbu mukofotga loyiqman, deb o‘ylayman. Bu men uchun aniq. O‘yinlarni kuzatadigan har bir kishi ham buni biladi”, deydi Yamal.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli Yamal 2026 yilda “Barselona” bilan Ispaniya Superkubogi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ham g‘olib bo‘ldi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr