Yamal tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida Fransiyani mag‘lub etmoqchi
Sport
−
12:00 1191 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lamin Yamal Fransiyaga qarshi 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finali oldidan o‘zining eng katta orzusi haqida gapirdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.
19 yoshga to‘lgan futbolchi tug‘ilgan kuni uchun asosiy tilagi Ispaniyani Jahon chempionatining finaliga olib chiqish ekanini aytdi.
“Tug‘ilgan kunimdagi tilagimmi? Fransiyani mag‘lub etish. 19 iyulgacha jamoa bilan qolish. Qani, ularni mag‘lub etaylik!” deydi Yamal.
2026 yilgi Jahon chempionatining Ispaniya – Fransiya o‘rtasidagi yarim final bahsi bugun, 14 iyuldan 15 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv g‘olibi joriy yilning 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan finalga yo‘llanma oladi.
Qayd etish joiz, Lamin Yamal o‘zining kecha, 13 iyul kuni 19 yoshini nishonladi. Hozirga qadar “Barselona” yulduzi mundialda 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Live
Barchasi