Yamal sevgilisi bilan birga yashay boshladi
Sport
−
14:33 1692 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal va uning sevgilisi Ines Garsiya bilan birga yashay boshladi. Bu haqda jurnalist Sandra Aladro ma’lum qildi.
Jurnalistning xabar berishicha, bloger Ispaniya terma jamoasi yulduzining uyiga ko‘chib o‘tgan.
“U Torredagi Talavera-de-la-Reynadagi uyini tark etib, Lamin bilan birga yashay boshladi. Ular juda baxtli. U Laminning butun oilasi bilan tanish va ularni tug‘ilgan kunidagi ziyofatga taklif qildi. U telbalarcha oshiq”, deydi Aladro “Vamos a Ver” dasturida.
Ayni paytda Yamal Jerar Pike va Shakiraning sobiq qarorgohida yashamoqda.
“Bu uy bir nechta oilani joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Har kuni amakivachcha yoki boshqa qarindosh tashrif buyuradi. Ularning maqsadi, ehtimol, barcha yaqinlarini o‘z atrofiga to‘plashdir”, deya tushuntirdi Aladro.
Ma’lumot uchun, Lamin Yamal “Barselona” safida La Liga yangi mavsumi dastlabki uchrashuvida jamoaning eng past ball olgan futbolchisi bo‘lgandi.
Live
Barchasi