Yamal sevgilisi bilan ajrashdi

Sport

image

 “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal argentinalik qo‘shiqchi Niki Nikol bilan ajrashganini rasman tasdiqladi. Futbolchi ularning ajralishi atrofida tarqalgan mish-mishlarga izoh berib, bu qaror hech qanday xiyonat bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

“Biz birga emasmiz. Bu hech qanday xiyonat tufayli emas edi. Biz shunchaki ajralish qarorini qabul qildik, hammasi shu. Tarqalayotgan gap-so‘zlarning bizning munosabatimizga aloqasi yo‘q”, dedi Yamal jurnalist Xavi Xoyosga bergan intervyusida.

Lamin Yamal va Niki Nikolning munosabatlari so‘nggi oylarda matbuot e’tibori markazida bo‘lib kelgan edi. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi postlari va ommaviy chiqishlari bilan tez-tez sarlavhalarga chiqqan. Hatto ayrim nashrlar Yamalning o‘yinlaridagi pasayish uning aynan shu munosabatlari bilan bog‘lik deb hisobladi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Yamal La Ligada 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Yamal bu mavsumda jarohat sabab jamoasining 4 ta uchrashuvini o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” rahbariyati 18 yoshli vinger Lamin Yamalning so‘nggi paytlardagi futboldan tashqari xatti-harakatlari va turmush tarzidan norozi ekani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Lamin Yamal' Niki Nikol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing