Yamal qachongacha “Barselona”da qolishi aniq bo‘ldi
Sport
−
24 fevral
2722“Barselona”ning 17 yoshli ispaniyalik hujumchisi Lamin Yamal yozda Kataloniya klubi bilan shartnomasini uzaytiradi. Shartnoma 2030 yilgacha imzolanadi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh Lissabonda Joan Laporta va Deku bilan uchrashishni rejalashtirgan va bu uchrashuv Yevropa Chempionlar ligasi doirasida “Benfika”ga qarshi o‘yin arafasiga to‘g‘ri keladi.
“Benfika” va “Barselona” o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvi 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.
Joriy mavsumda Lamin barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



