Yakkasaroydagi “dom”da yong‘in yuz berdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 iyul kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning xonadonlaridan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:41 da Yakkasaroy tumani “Boshliq” MFY Qushbegi ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
  
Yong‘in o‘chiruvchilar soat 14:50 da voqea joyiga yetib borgan. Alanga soat 14:59 da o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb qilingan. 
  
Yong‘in oqibatida xonadonning 10 kv.m maydonidagi uy jihozlari yonib zararlangan. Olib borilgan tezkor harakatlar tufayli yong‘indan uyning 200 kv.m maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Xabarga ko‘ra, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

194

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing