Yakkasaroyda yana daraxt mojarosi. Aybdorlar jarimaga tortildi
Jamiyat
−
11 avgust 2022 7260 1 daqiqa
Bugun, 11 avgust kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi bir dona safora daraxti yiqildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumani Kichik beshyog‘och ko‘chasida joylashgan 111-uyda qurilish kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonida 1 dona safora daraxt ildizi qisman ochilgani uchun yiqilgan.

Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi bilan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 7 million 800 ming so‘m jarima belgilangan.
“Shu bilan birga, qurilish kompaniyasi mas’ullariga hududdagi mavjud daraxtlarni muhofaza qilish, ularga biotexnik tadbirlarni amalga oshirish va ekologik talablar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, kafolat xati olindi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Yakkasaroy tumanidagi 5 tup chinor va 7 tup kashtan daraxtining ildiz qismiga qurilish kompaniyasi tomonidan shikast yetkazilgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28