Yakkasaroyda ip yigirish sexiga o‘t ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 3 yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan ip yigirish sexida yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 22:01 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasida joylashgan ip yigirish sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruvchilar soat 22:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:39 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, aytilgan manzilda tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi, moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Cobalt boshqa avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida yonib ketgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yakkasaroy ip egirish tsexi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing