Yakkabog‘da erkak qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolasini vahshiylarcha o‘ldirdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida mudhish qotillik sodir etilganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Unda er-xotin janjali oqibatida erkak qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar farzandini chavaqlab tashlagani aytilgan. Bundan tashqari, tuman IIB tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari qotillikda gumon qilinayotgan otani Qamashi tumanidan ushlab kelishgani ma’lum qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati mazkur jinoyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 10 dekabr kuni Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, b, v, j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangan”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing