Yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning maoshi oshirildi

Jamiyat

image

O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning maoshi 40 foizgacha oshirildi. Bo‘ o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash bo‘yicha Xalq ta’limi vaziri va Moliya vazirining qo‘shma qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning ish haqlarini hisoblashning yangi metodikasi joriy etilgan.

Shuningdek, umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarga endilikda amaldagi oylik ish haqi miqdorlarini 40 foizgacha oshirilgan holda to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, mazkur o‘qituvchilarga o‘quvchilar ta’tilda bo‘lgan davrda ham ish haqi to‘lab berilishi hamda yillik mehnat ta’tili pullari to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

676

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing