O‘zbekistonda elektr ta’minoti qachon to‘liq tiklanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 yanvar 2022
13976Bugun, 27 yanvar kuni soat 16:00da butun O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotini to‘liq tiklash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, 27 yanvar soat 14:00 holatiga hududlar kesimida elektr ta’minotining tiklanganlik darajasi quyidagicha bo‘lgan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 100%
2. Andijon viloyati — 89%
3. Buxoro viloyati — 100%
4. Jizzax viloyati — 100%
5. Qashqadaryo viloyati — 100%
6. Navoiy viloyati — 100%
7. Namangan viloyati — 91%
8. Samarqand viloyati — 100%
9. Surxondaryo viloyati — 100%
10. Sirdaryo viloyati — 100%
11. Toshkent viloyati — 100%
12. Farg‘ona viloyati — 91%
13. Xorazm viloyati — 100%
14. Toshkent shahri — 100 % elektr ta’minoti mavjud.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Energetika vazirligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha tahririyatimizga ko‘plab shikoyatlar kelib tushdi. Ularning barida berilayotgan ma’lumot haqiqatga mos kelmasligi aytilgan. Negaki, rasmiy ma’lumotga ko‘ra "svet" borligi aytilgan hududda aslida ta’minot tiklanmagan bo‘lgan.
LiveBarchasi