Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab Toshkentdan uchishi kerak bo‘lgan reyslar bekor qilindi
Jamiyat
−
13 iyun 5152 1 daqiqa
Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan Toshkentdan uchishi kerak bo‘lgan bir nechta reyslar bekor qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Flydubai” aviakompaniyasining Dubay - Toshkent - Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1945/1946 reyslari, “Air Arabia” aviakompaniyasining Sharja - Toshkent - Sharja yo‘nalishi bo‘yicha G9-270/271 reyslari hamda “Asia Union” aviakompaniyasining Toshkent - Madina - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7q-141/142 reyslari bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr