Yaqin kunlarda Toshkent osmonida samolyotlar pastlab uchadi

Jamiyat

image

Yaqin kunlarda Toshkent osmonida past balandlikda va turli yo‘nalishlarda uchib, bir joy ustidan bir necha marta aylanayotgan laboratoriya havo kemasini ko‘rish mumkin. Bu haqda “O‘zaeronavigatsiya” markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AVION aviakompaniyasining laboratoriya havo kemasi yordamida radiotexnik vositalarning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Bu tekshiruvlar havo kemalarining xavfsiz va muntazam parvozini ta’minlashga qaratilgan.

Tekshiruvlar davomida havo kemasi Toshkent shahri uzra taxminan 1000 metr balandlikda, turli yo‘nalish va manyovrlarni amalga oshirgan holda 6 soatgacha parvoz qilishi mumkin. Shu sababli, samolyot ayrim hududlar ustidan bir necha marta uchib o‘tishi yoki odatdagidan farqli manyovrlarni bajarishi mumkin.

Mutasaddilar bu parvozlar rejali tekshiruvlarning bir qismi ekanini, xavotirlanishga asos yo‘qligini bildirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing