Yaqin kelajakda dunyoda global urush yuz berishi bashorat qilindi
Olam
−
17 dekabr 2021
21921Amerikalik xavfsizlik bo‘yicha ekspert Endryu Mishta yaqin besh yil ichida buyuk davlatlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. U o‘z fikrlarini “The Wall Street Journal” maqolasida bayon qilgan.
Sharh muallifiga ko‘ra, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qarama-qarshilik xavfi avvalgidan ancha yuqori. Maqolada aytilishicha, qarama-qarshilik, masalan, ikki davlat o‘rtasida Tayvanga egalik qilish bo‘yicha kelishmovchilik tufayli qizg‘in bosqichga kirishi mumkin.
Mishtaning fikricha, boshqa qudratli davlatlar Amerika armiyasining bunday urush formatiga tayyor emasligi sababli AQSHga qarshi chiqishni xohlaydi. Shu bilan birga, Pentagonga Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish uchun taxminan 15 yil kerak bo‘ladi.
Qolaversa, muallifga ko‘ra, bugungi kunda G‘arb Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan migratsiya to‘lqinlari, koronavirus epidemiyasi va “madaniy inqilob” tufayli og‘ir ahvolda.
Mutaxassisning fikricha, bu omillarning barchasi AQSHni sezilarli darajada zaiflashtirgan.
“Bu Vashingtonni podiumdan uloqtirmoqchi bo‘lgan davlatlar uchun imkoniyat oynasini beradi”, degan Mishta.
Avvalroq, Xitoy AQSHni uning sanksiyalariga jiddiy javob berish bilan ogohlantirgandi.
LiveBarchasi