“Vafel chizmasi” va sifatsiz bo‘yoqlar. YHXBB buni qanday izohlaydi? (video)

Jamiyat

O‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalarida poytaxt Toshkent yo‘llarida tirbandlikni bartaraf qilish uchun bir necha chorrahalarda Singapur tajribasi bo‘lgan “Vafel chizmasi” yo‘l chizmasi tushirilgandi.

Biroq tajriba asosida qo‘llangan ushbu yo‘l chiziqlari 15 kunda ikki marta yomg‘ir yog‘ganidan keyin o‘chib ketdi. QALAMPIR.UZ muxbiri ayni shu masalada ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga yuzlandi. Xususan, bo‘yoqlarning sifati, unga ketayotgan mablag‘ masalasi ko‘tarildi. 

“Vafel chizmasi” chet el tajribasida bor. Bizda bu chizma qonun va yo‘l harakati qoidalariga kirmagan. Buni tajriba tariqasida sinadik. “Avtoyo‘l” qo‘mitasi qoshida ochilgan “O‘zavtoyo‘lbelgi” degan korxona bor. Hozirda investitsiya jalb qilib, yo‘lga sepish uchun sifatli bo‘yoqlar ishlab chiqaruvchi zavod qurish ko‘zda tutilgan. Hozir olayotgan bo‘yoqlarimiz oddiy. Chet eldan olib keladigan bo‘yoqlar yaxshi, lekin qimmat.

Bu ishlar parallel bo‘lishi kerak. Ham bo‘yoq sifatli bo‘lishi, ham qonunga o‘zgartirish kiritish lozim. Bu o‘zining samarasini berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda “bizga ham chizib beringlar, bizning chorrahada ham tirbandlik bo‘ladi” deyishayotganini o‘qidik”, deydi YHXBB mas’uli Jamshid Karimov.

U endilikda bu chizmalarni ommaviy qo‘llash uchun uch muhim ishni amalga oshirish kerakligini aytib o‘tdi.

“Birinchidan, qonun qoidalarimizga o‘zgartirish kiritishimiz kerak, ikkinchidan, odamlarga tushuntirishimiz kerak va uchinchidan, bo‘yog‘imiz sifatli bo‘lishi kerak. Hammasi birga bo‘ladigan ish”, deydi Karimov

U sifatsiz bo‘yoqqa ketayotgan mablag‘ xususida qisqagina qilib, “tajriba o‘tkazishimiz kerakku”, deb javob berdi.

“Odamlarning birinchi reaksiyasini ko‘rdinglarku, keyin ularga ma’qul bo‘ldi. Bo‘yog‘i o‘chib ketdi degani bo‘ldi to‘xtab qoldi degani emas. Qonunlarni o‘zgartirmagandan keyin to‘xtaydida”, deb munosabat bildirdi Karimov.


Maqola muallifi

Teglar

YHXBB Vafel chizmasi

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing