YHXBB haydovchi va piyodalarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi barcha yo‘l harakati qatnashchilariga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, respublika hududida ob-havo sharoiti o‘zgarib, qor yog‘ib, havo harorati keskin soviganligi ayni vaqtlarda muzlamalarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli haydovchilardan:

•    Zaruratsiz transport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmaslik;

•    Zarurat bilan chiqqan vaqtlarida ham belgilangan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanish;

•    Gaz va tormoz tepkisini keskin bosmaslik; 

•    Piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, piyodalar esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik;

•    Barcha avtomobil yo‘llarida, shaharlar markazlarida, ayniqsa dovon yo‘llarida yetarlicha past tezlikda harakatlanib, ehtiyotkor bo‘lishi so‘ralgan. 

“Yana bir bor zaruratsiz avtotransport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmasliklarini so‘raymiz”, deya ta’kidlangan murojaat so‘nggida.


Maqola muallifi

Teglar

YHXBB

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing