YHXBB haydovchilarni ogohlantiryapti

Jamiyat

image

Ma’lumki, hafta oxiriga kelib O‘zbekistonda havo harorati tushib ketdi va kutilayotgan haftada harorat yana pasayishi kutilmoqda. Sovuq kunlarda esa avtomobilda harakatlanishda xavf ortadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarga murojaat bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi: 

Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi yo‘l harakati qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raydi".


Maqola muallifi

Teglar

YHXBB

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing