YHXBB haydovchi va piyodalarga murojaat bilan chiqdi
Jamiyat
−
25 fevral 2021
4391Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi barcha yo‘l harakati qatnashchilariga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, respublika hududida ob-havo sharoiti o‘zgarib, qor yog‘ib, havo harorati keskin soviganligi ayni vaqtlarda muzlamalarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli haydovchilardan:
• Zaruratsiz transport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmaslik;
• Zarurat bilan chiqqan vaqtlarida ham belgilangan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanish;
• Gaz va tormoz tepkisini keskin bosmaslik;
• Piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, piyodalar esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik;
• Barcha avtomobil yo‘llarida, shaharlar markazlarida, ayniqsa dovon yo‘llarida yetarlicha past tezlikda harakatlanib, ehtiyotkor bo‘lishi so‘ralgan.
“Yana bir bor zaruratsiz avtotransport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmasliklarini so‘raymiz”, deya ta’kidlangan murojaat so‘nggida.
LiveBarchasi