Koronavirus yuqtirmaslik uchun nimalar qilish kerak?
Foydali
−
15 mart 2020
18157Avvalroq, Fransiyadan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar bergan edik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi fuqarolarga koronavirusni yuqtirmaslik uchun amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni eslatib o‘tdi
Koronavirusdan saqlanish uchun har bir fuqaro quyidagi tavsiyalarga amal qilishi kerak:
• avvalo chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!
• zarurat bo‘lmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning!
• qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning!
• farazandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling!
• yuz-ko‘zingizni notoza qo‘l bilan ushlamang!
• uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
• odamlar oldida yo‘talganingizda yoki aksirganingizda og‘zingiz va burningizni dastro‘mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to‘sing!
• shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!
• ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurulgan taomlardan iste’mol qiling, iste’mol qilinayotgan go‘sht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!
• isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!
Eng asosiysi shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi. Virus Fransiyadan kelgan O‘zbekiston fuqarosida aniqlandi. Ayolning oila a’zolari va u bilan bir reysda kelganlar karantinga olinishin ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi