Xon Saroy sportchilari AQSHda o‘tkazilgan Arnold Classic musobaqasida 3 ta medal sohibiga aylandi
Biznes
−
13 mart
5135Dunyoning bodibilding bo‘yicha eng nufuzli sport tadbirlaridan biri Arnold Classic Sports Festival USA Ogayo shtatining, Kolumbus shahrida 1 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik sport bayramida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Xon Saroy jamoasi a’zolari yuqori natijalarga erishib, 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu nafaqat sportchilarimiz, balki butun yurtimiz uchun faxrli voqea bo‘ldi.
Arnold Classic – kuch, iroda va mahorat sinovi
Arnold Classic – bu jahon miqyosidagi yirik sport festivali bo‘lib, afsonaviy bodibilding yulduzi – Arnold Shvarsenegger tomonidan tashkil etilgan. Har yili minglab sportchilar ushbu musobaqada ishtirok etib, o‘z kuchi, chidamliligi va mahoratini sinovdan o‘tkazadi. Musobaqalar turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olib, nafaqat professionallar, balki sport ixlosmandlari uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonlik g‘oliblar – Xon Saroy sport jamoasi
Ushbu musobaqada Xon Saroy sportchilar jamoasi o‘z mahoratini namoyish etib, yuqori natijalarga erishdilar: Baxshulla Sayfullayev – bodibilding ustalari kategoriyasida 1-o‘rin. Jo‘rayev Jahongir – bodibilding kategoriyasida 1-o‘rin. Islom Ergashev – klassik bodibilding kategoriyasida 3-o‘rin.
Sportchilarimiz mashaqqatli mehnati, qat’iyati va sadoqati tufayli O‘zbekiston bayrog‘ini yana bir bor xalqaro sport sahnasida baland ko‘tarishdi.
Xon Saroy – sport rivojiga hissa qo‘shayotgan kompaniya
Xon Saroy – nafaqat qurilish sohasida yirik loyihalarni amalga oshirayotgan kompaniya, balki sport rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shayotgan kompaniya hisoblanadi. Xon Saroy sportchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularning xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonishiga ko‘mak bermoqda.
Bu g‘alaba nafaqat Xon Saroy jamoasi, balki butun O‘zbekiston sporti uchun muhim qadam bo‘ldi. Oldinda yanada katta marralar, yangi zafarlar turibdi. O‘zbekiston sportchilari dunyo sahnasida yanada baland cho‘qqilarni zabt etishiga ishonchimiz komil!
Batafsil ma’lumot uchun
Vebsayt | Telegram | Instagram
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi