Xon Saroy kompaniyasida navbatdagi tantanali ochilish marosimi!

Biznes

image

28 aprel sanasida Xon Saroy qurilish kompaniyasi “Parlament” loyihasi ochilish marosimini tantanali ravishda o‘tkazdi.

Ochilish marosimida o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari Shohruhxon, Rayhon, Jahongir Poziljonov va bir qator blogerlar o‘zlarining sho‘x taronalari bilan barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan ochilish marosimida mehmonlar uchun qiziqarli shoular, shuningdek, jajji bolajonlar uchun o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Xon Saroy’ning biznes-klassdagi loyihasi bo‘lmish “Parlament” loyihasi o‘zining zamonaviy ko‘rinishi va qulayliklari bilan boshqa loyihalardan ajralib turadi. Loyiha Yunusobod tumani 6-mavzeda qad ko‘targan. Bino umumiy 16 qavatdan iborat bo‘lib, 33,0 metr kvadratdan 83,6 metr kvadratgacha bo‘lgan 80 ta xonadondan tashkil topgan.

Ochilish marosimi davomida 8 dekabrdan 31 yanvargacha davom etgan Yangi yil aksiyasi g‘oliblari aniqlandi.
1-o‘rin Fathullayev Ulug‘bek – elektromobil 
2-o‘rin Nurmanova To‘lqin – chet elga 2 kishilik yo‘llanma
3-o‘rin Abdulloyeva Muniraxon – qimmatbaho maishiy texnikalar egasiga aylanishdi.

Xon Saroy qurilish kompaniyasi Toshkent shahridagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo‘lib, “Xon Saroy”, “Pandora”, “Ayvon”, “Mega Tower”, “Diplomat”, “Sayram” va “Parlament” loyihalaridagi xonadonlarni o‘z egalariga unutilmas ochilish marosimlari bilan topshirib kelmoqda. Hozirgi kunda yana 5 ta loyihada qurilish ishlari olib borilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 712007400 | 555017400

Sayt: xonsaroy.uz
Telegram: t.me/XonSaroy
Instagram: https://instagram.com/xonsaroyuz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made