Xiaomi kapitallashuvi o‘z tarixida ilk bor 100 milliard dollardan oshdi
Texnologiya
−
23 dekabr 2020
2691Xitoyning elektron va maishiy buyumlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi kapitallashuvi o‘z tarixida birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi.
Bugun, 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan savdolar natijasida kompaniyaning Gonkong fond birjasidagi aksiyalari 7,6 foizga o‘sgan va har bir aksiya 4,1 dollarni tashkil etgan. Natijada kompaniyaning kapitallashuvi 103 milliard dollar bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 2020 yil avgust oyida Xiaomi aksiyalari sentyabr oyidan boshlab Hang Seng indeksiga kiritilishi to‘g‘risida e’lon qilingandan so‘ng, aksiyalar ko‘rsatkichi keskin o‘zgarib ketgan. O‘shandan beri aksiyalar qiymati ikki baravarga oshgan.
Ma’lumot uchun, Xiaomi 2010 yilda tashkil etilgan. Kompaniya smartfonlar, planshetlar, shuningdek, "aqlli" uy jihozlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
LiveBarchasi