Xiaomi dekabrda yangi smartfon taqdimotini o‘tkazadi

Texnologiya

image

Xiaomi kompaniyasi yangi smartfon taqdimoti haqida e’lon qildi. Bu haqda Xiaomi India kompaniyasining global vitse-prezidenti Manu Kumar Jayn o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan. 

Biroq, gadjetning o‘zi haqida ma’lumot ko‘p emas. U ulkan quvvatli batareyaga ega bo‘lishi ta’kidlangan. Yangi smartfon namoyish etiladigan tadbir joriy yilning 16 dekabriga belgilangan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Xiaomi kompaniyasining reklamasida so‘nggi oyda dunyoda paydo bo‘lgan sirli monolitlarning tasvirlaridan foydalanilgan. Bannerlarda ko‘k va to‘q sariq rangli ustunlar ustiga "Redmi" yozuvi tushirilgan. Biroq, kompaniyaning sirli monolitlar bilan qanday aloqasi borligi tushuntirilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

XIAOMI

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing