Xiaomi birdaniga 3 ta yangi gadjetni sotuvga chiqardi 

Texnologiya

image

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 11 dekabr kuni 3 ta yangi gadjet (Xiaomi Buds 4 quloqchini, Xiaomi Watch S2 smart soati,  Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlari)ni namoyish qilgan edi. Ushbu gadjetlar kecha, 14 dekabrdan sotuvga chiqarildi. Bu haqda iXBT nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, har bir gadjet yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida yangicha akssesuarlar bilan boyitilgan. Xususan, Xiaomi Buds 4 quloqchini ikkita dinamik va uchta mikrofon bilan jihozlangan bo‘lib, ularning ishlash muddati 30 mA/s sig‘imga ega  batareyalar tufayli 6 soatga yetadi. 480 mA/s sig‘imga ega akkumulyatorli quvvatlash qutisi esa quloqchinlarni qayta quvvatlantirmasdan 30 soatgacha ishlatish imkonini beradi.

Shuningdek, ikki variantda ishlab chiqarilgan Xiaomi Watch S2 smart soatlari ham AMOLYeD ekran bilan jihozlangan. U 100 dan ortiq sport mashqlari, yurak urish tezligi, stress darajasi, uyqu sifati va davomiyligini kuzatish imkonini beruvchi dasturiy taminotga ega. Shuningdek, smart soatda NFC, GPS va Bluetooth tizimlari ham bor. Smart soat yordamida tana harorati va tarkibini o‘lchash ham mumkin. Oddiy rejimda smart soatning ishlash muddati 42 mm hajmdagi kichik versiyada 7 kunni, 46 mm hajmdagi katta versiyada esa 12 kunni tashkil etadi.

Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlariga keladigan bo‘lsak, ular 3,2 optik “zoom” va 70 gibrid masshtabli Leica telefotolinzasi bilan jihozlangan. Telefonlarda 120 Vt simli, 50 Vt simsiz va 10 Vt teskari simsiz quvvatni qo‘llab-quvvatlaydigan 4820 mA/s sig‘imli batareya mavjud. Shuningdek, smartfonlar IP68 darajasiga ega va Android 13 asosidagi MIUI 14 operatsion tizimida ishlaydi.

Narxi qancha?

Gadjetlar narxi ham ancha qimmat. Masalan, Xiaomi  Buds 4 quloqchini 100 dollar atrofida baholanmoqda. Xiaomi Watch S2 smart soati esa kechik versiyaniki 143 dollar, katta versiya 170 dollar atrofida baholangan. Smartfonlar narxi ularning xotirasi kattaligiga qarab o‘sib boradi. Ya’ni:

•  8/128 GB hajmli Xiaomi 13 – 575 dollar; 

•  8/256GB hajmli Xiaomi 13 – 620 dollar;

•  12/256GB hajmli Xiaomi 13 – 660 dollar;

•  12/512GB hajmli Xiaomi 13 – 720 dollarga baholangan.

Xiaomi 13 Pro smartfonlari ham shu tartibda:

•  8/128 GB – 720 dollar;

•  8/256GB – 775 dollar;

•  12/256GB – 835 dollar; 

•  12/512GB – 905 dollarga baholangan.

Ma’lumot uchun, bu gadjetlar hozirda faqat Xitoydagina sotuvga chiqarilgan. Kompaniya rahbari Ley Jun ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida dunyo bo‘ylab yangi mahsulotlar savdosi tez orada boshlanishini aytgan. Ammo aniq sana haligacha ochiqlanmagan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing