WhatsApp HD suratlar jo‘natish imkonini taqdim etdi

Texnologiya

image

So‘nggi vaqtlarda platformalarning yangiliklar raqobatidan chetda qolmayotgan WhatsApp messenjeri yana bir yangi funksiyani tadqim etdi. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar berdi. 

Yangilanishga ko‘ra, WhatsApp obunachilari endi yuqori aniqlikdagi suratlarni yuborishlari mumkin. Buning uchun foydalanuvchi yuqori menyudagi yangi “HD” tugmasini bosishi kerak. So‘ngra, suhbatdagi fotosurat yonida HD belgisi paydo bo‘ladi, bu tasvir sifati yuqori ekanligini bildiradi.

WhatsApp'da yuborilgan standart fotosuratlar 1600 × 1052 piksel hajmga ega bo‘ladi. HD sifatidagi suratda esa 4096 × 2692 pikselgacha ruxsat beradi. Ularni qabul qilib oluvchi odam to‘liq yoki qisqartirilgan formatda yuklab olishni tanlashi mumkin.

HD formati funksiyasi yaqin kelajakda barcha WhatsApp foydalanuvchilariga bosqichma-bosqich tarqatiladi. Ishlab chiquvchilar keyinroq yuqori aniqlikdagi video jo‘natish funksiyasini ham qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp'ning beta-versiyasi sun’iy intellekt yordamida suratni stikerga aylantirish imkonini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

WhatsApp funktsiya HD fotosuratlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing