WhatsApp eski smartfonlarda ishlashni to‘xtatdi

Texnologiya

image

WhatsApp ma’muriyati 1 fevraldan boshlab Android 2.3.7, iOS 8 va undan oldingi qurilmalarda messenjerni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Bu haqda WhatsApp veb-saytida xabar berildi.

Gingerbread  deb nomlanuvchi Android 2.3.7 operatsion tizimi 2010 yilda chiqarilgan. U Samsung Galaxy S2 va HTS Desire HD kabi smartfonlar uchun ishlatilgan. Shuningdek, WhatsApp iPhone 4 smartfonlarida ishlashni to‘xtatadi.

Ma’lumot o‘rnida, WhatsApp messenjeri 2009 yil yanvar oyida ommaga taqdim etilgan. Hozirda bu messnjerdan 1 milliardan ortiq odam kuniga 70 milliardga yaqin xabar jo‘natadi.

2014 yil 19 fevral kuni WhatsApp'ni Facebook 19 milliard dollarga sotib olgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

WhatsApp

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing