WhatsApp'da yangi funksiya paydo bo‘ladi
Texnologiya
−
26 aprel 2022 19055 1 daqiqa
WhatsApp messenjeri guruh so‘rovlarini yaratish imkoniyatini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda WABetaInfo nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, messenjerning yangi beta-versiyasida kompyuter uchun 2.2215.1. guruh so‘rovlarida ikkitadan 12 tagacha javob variantlarini qo‘shish mumkin bo‘ladi. Ovozlarni yaratish usuli hozircha oshkor etilmagan.
Ushbu funksiya WhatsApp'ning Android hamda iOS uchun beta-versiyalarida ishlab chiqilmoqda, biroq beta testerlari uchun chiqish sanasi aytilmagan. Nashr esa yangilangan interfeysning skrinshotini ko‘rsatgan.

Ta’kidlanishicha, guruh so‘rovlari oxirigacha shifrlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va uchinchi tomonlarning hech biri ovoz berish mazmuni haqida bilmaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr