WhatsApp bir qurilmada bir nechta akkauntdan foydalanish imkonini beradi

Texnologiya

image

WhatsApp tez orada bir xil qurilmada bir nechta akkauntlardan foydalanish imkonini beruvchi funksiyasini qo‘shadi. Bu haqda ushbu messenjerga oid yangiliklar va ishlab chiquvchilar tomonidan sinovdan o‘tkazilayotgan funksiyalar tavsifiga ixtisoslashgan WABetaInfo portali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, WhatsApp hozirda bir qurilmadan bir nechta WhatsApp akkauntlariga kirish imkonini beruvchi funksiyani ishlab chiqmoqda.

Bu funksiya WABetaInfo mutaxassislari tomonidan Android platformasi (2.23.13.5-versiyasi) uchun WhatsApp Business beta-yangilanishida aniqlangan.

Portal ta’kidlaganidek, ilovada foydalanuvchilarga tizimga kirish uchun akkaunt tanlash imkonini beruvchi menyu paydo bo‘ladi. Ko‘p akkauntli funksiya keyingi yangilanishda ilovaning beta-testchilari uchun mavjud bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp’da yuborilgan xabarlarni tahrirlash imkoniyati paydo bo‘lishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

WhatsApp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing