“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi suratga olinadi
Madaniyat-san’at
−
07 yanvar 2023
9062Internet platformalarida tez fursatda ommalashib ketgan “Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi suratga olinadi. Bu haqda Netflix platformasida ma’lum qilindi.
Adams oilasining aqlli va sovuqqon vakili haqida hikoya qiluvchi “Wednesday”ning ikkinchi mavsum chiqish sanasi ma’lum qilinmagan. Ommabop serialning davomini Amazon suratga olishi mumkinligi aytilmoqda. Buning uchun kompaniya “MGM” studiyasini 8,5 milliard dollarga sotib olgan.
Ma’lumot uchun, serialning dastlabki sakkiz qismi 2022 yilning 23 noyabrida Netflix platformasi yuzini ko‘rgan edi. Serial premerasidan buyon jami 752 million soat tomosha qilingan. Bu hisob serial chiqqanidan keyingi dastlabki 28 kunga asoslanadi.
Shuningdek, serial ilk haftaning o‘zidayoq 341,2 million soat ko‘rilgan. U 83 davlatda eng ommabop serialga aylangan va 93 mamlakatda eng ko‘p ko‘rilayotgan seriallarning birinchi 10 taligiga kirgan.
Avvalroq, “Wednesday” seriali uslubida ishlangan 5 filmni bir joyga jamlagan edik.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi