Wednesday rolini o‘ynagan aktrisa vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

“Addamslar oilasi” seriali birinchi marta ekranlashtirilganda Wednesday rolini ijro etgan aktrisa Liza Loring 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Loringning yaqin do‘sti, yozuvchi Lori Jeykobson Facebook’dagi sahifasida Loring chekish va yuqori qon bosimi tufayli kelib chiqqan insultni boshdan kechirganini va u o‘zining so‘nggi kunlarida oilasi qurshovida bo‘lganini yozgan.

“Loring pop-madaniyat gobeleniga singib ketgan va har doim Wednesday sifatida qalbimizda qoladi”, deya ta’kidlagan Jeykobson.

Liza Loring 1964-1966 yillar davomida suratga olingan “Addamslar oilasi” teleserialida Wednesday rolini ijro etganda endigina besh yoshda bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Loring 1958 yilda Marshall orollarida tug‘ilgan. Keyinchalik onasi bilan Gavayaga, so‘ngra Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan. U uch yoshida modelerlik qilishni boshlagan va ko‘p o‘tmay televizordagi birinchi rolini “Doktor Kilder”da ijro etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Wednesday” ingliz tilidagi seriallar orasida umumiy tomosha soatlari bo‘yicha Netflix platformasida rekordni o‘rnatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing