WBC’ning yangilangan reytingi e’lon qilindi. O‘zbek bokschilaridan kimlar yuqoriladi?
Sport
−
21 iyul 2023
6210Butunjahon boks kengashi (WBC) iyul oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Undan 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan. Jumladan, super yengil vazn toifasida Mujibillo Tursunov ilk bor tashkilot reytingiga kiritildi va 39-o‘rinni band etdi.
Shuningdek, super og‘ir vaznli bokschi Bahodir Jalolov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 16-o‘ringa chiqdi. Minimal vazn toifasidagi Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oyga qaraganda 1 pog‘ona ko‘tarilib, 7-o‘rinda qayd etilgan.
Yarim o‘rta vazn toifasidagi Shahram G‘iyosov 4 pog‘ona yuqorilab, 16-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Jahongir Rasulov esa 2 pog‘ona yuqorilab, 29-o‘ringa joylashdi.
Super o‘rta vazn toifasidagi bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zgarishsiz 19-o‘rinda qolgan bo‘lsa, super yarim o‘rta vaznli Isroil Madrimov o‘tgan oyga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 6-o‘ringa tushdi.
Birinchi yarim yengil vazn toifasidagi Murodjon Ahmadaliyev ham o‘zgarishsiz 4-o‘rinda qoldi.
Super yengil vaznda Shohjahon Ergashev 15-o‘rinda, Botir Ahmedov esa 1 pog‘ona pastlab, 31-o‘rinni egallagan. Yarim yengil vazn toifasidagi Otabek Xolmatov esa 10-o‘rinda ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi