WBA`ning yangi reytingida o‘zbekistonliklar joyida qoldi

Sport

image

Kecha, 1 oktyabr kuni Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA ) bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra o‘zbekistonlik bokschilar avvalgi oydagi kabi o‘z o‘rinlarida qolgan. 

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (63,5 kilogramm) Shohjahon Ergashev to‘rtinchi, Shahram G‘iyosov esa beshinchi o‘rinda qoldi. 

Ikkinchi yengil vazn toifasida (55,34 kilogramm) Murodjon Ahmadaliyev reytingning ikkinchi pog‘onasida qolgan. 

Birinchi o‘rta vazn (69,85 kilogramm) toifasida Isroil Madrimov oltinchi o‘ringa joylashgan. 

Ma’lumot uchun, Butunjahon boks assotsiatsiyasi 1921 yilda AQSHda Milliy boks uyushmasi sifatida tashkil etilgan. 1962 yilda Butunjahon boks uyushmasi deb o‘zgartirildi. Tashkilot qarorgohi Panamada joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Butunjahon boks assosatsiyasi yangi reytingi

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar