WBA kamari uchun jang qiladigan o‘zbekistonlik bokschi face-to-face'da qatnashdi (video)
Sport
−
01 mart
6598Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun da’vogar bo‘lgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Otabek Xolmatov bo‘lajak raqibi amerikalik Raymond Fordga qarshi jang oldi nigohlar jangida ishtirok etdi.
Xolmatov va Ford AQSHning Nyu-York shtati, Verona shahrida o‘tkaziladigan profboks turniri doirasida to‘qnash keladi. G‘olib bokschi WBA kamariga ega bo‘ladi.
Face-to-face marosimida o‘zbekiston vakili bo‘lajak jang haqida o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.
“Jangga tayyorman. Bu kamar uchun yoshligimdan mehnat qilib keldim. Mashg‘ulotlarim natijasini ringda ko‘rsataman”, deydi Xolmatov.
Xolmatov-Ford to‘qnashuvi 3 mart tongida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Otabek Xolmatov profboksdagi barcha – 11 ta jangida g‘alaba qozongan. U 11 ta jangining 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 24 yoshli Raymond Ford esa 14 ta jangda ishtirok etib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan.
LiveBarchasi