Walt Disney koronavirus pandemiyasi sababli 32 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Olam

image

Amerikaning dunyodagi eng yirik ko‘ngilochar va media kompaniyasi Walt Disney Co. 2021 moliya yilining birinchi yarmida (2020 yil oktyabr – 2021 yil mart) 32 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda "The Wall Street Journal" xabar bergan. 

Koronavirus pandemiyasi va karantin choralari Disney'ning ko‘plab bo‘limlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

3 oktyabrda yakunlangan to‘rtinchi moliyaviy chorakda tematik parklar va kruiz kemalari, shuningdek, iste’mol tovarlari va video o‘yinlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan bo‘limning daromadi 61 foizga kamayib, 2,58 milliard dollarni tashkil etgan.

Uzoq vaqtdan beri Disney'ning istirohat bog‘lari yoki yopiq yoki cheklangan holda ishlamoqda, kruizlar joriy yilning ikkinchi choragidan boshlab to‘xtatilgan, chakana savdo do‘konlari ham asosan yopiqligicha qolmoqda. 

Kompaniya o‘z mavqeini yaxshilashi uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishini, jumladan qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish, dividend to‘lashni bekor qilish, kino va televideniye loyihalariga sarmoyalarni kamaytirish va hodimlarini ish haqi to‘lanmaydigan ta’tilga jo‘natish yoki ishdan bo‘shatishini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uchun, Disney aksiyalari joriy yil boshidan beri 3 foizga o‘sgan.


Maqola muallifi

Teglar

WALT DISNEY

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar