ITMAga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
26 iyun 9165 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Sevara Bahodirovna Shokirova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli ta’lim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shokirova 2012-2019 yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022 yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023 yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
U 2023-2024 yillarda esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.
Live
Barchasi