Vuchich AQSH Eronga 48 soat ichida zarba berishi mumkinligini aytdi

Olam

image

AQSH Eronga yaqin 48 soat ichida zarba berishi mumkin, shuningdek, xalqaro vaziyatni izdan chiqaradigan yana bir qator voqealar yuz berishi ehtimoli bor. Bu haqda Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Pink TV telekanali efirida so‘z ochdi.

“Men yaqin 48 soat ichida Eronga zarba berilishini va yana ayrim yirik voqealarni kutyapman. Hozirgi sharoit oson emas. Tinchlikni saqlab qolishga bo‘lgan sadoqatimiz hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb ishonaman”, deydi Serbiya rahbari.

Vuchichning fikricha, hujum yaqinlashuviga Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarning e’lon qilinishi turtki bo‘lmoqda. U buni Monika Levinski atrofidagi mojaro bilan qiyoslagan.

“Shunday bema’niliklar paydo bo‘lishi bilan kimnidir bombardimon qilishni boshlashadi. Qaror qabul qilishni tezlashtirishadimi? Men bunga deyarli ishonaman”, degan Vuchich.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga tomon aviatsion zarba guruhi – aviatashuvchi kemalar guruhi yuborilganini ma’lum qilgandi. “Axios” nashri Oq uy Eronga nisbatan kuch ishlatish ssenariysini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan. Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy esa AQSH hujumi sodir bo‘lsa, mojaro butun mintaqani qamrab olishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing