“VTB” banki prezidenti Mirziyoyev qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2021
3484O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent iqtisodiy forumi doirasida mamlakatda bo‘lib turgan “VTB” banki prezidenti – boshqaruvi raisi Andrey Kostinni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakat korxonalarining Rossiyadagi eng yirik bank institutlaridan biri bilan o‘zaro manfaatli investitsiyaviy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Forum doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining loyihalari uchun 1 milliard dollarlik kredit liniyasini ajratish to‘g‘risida birinchi bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bundan tashqari, industriallashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishni kengaytirishdagi mavjud imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.
Amaliy hamkorlikni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari bunga qadar Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani so‘ngra, “Rothschild&Co” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisining o‘rinbosari baron Erik de Rotshild boshchiligidagi delegatsiyani qibul qilgandi.
LiveBarchasi