Voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz Turkiyadan qaytarildi
Jamiyat
−
15 aprel
7767Bugun, 15 aprel kuni Turkiyada ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasining sa’y-harakatlari natijasida voyaga yetmagan qiz Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan.
“Hozirda u Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi. Joylashtirishning muqobil shakli belgilangunga qadar qizga ushbu markazda zarur ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, voyaga yetmagan bolalarning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari olib kelinayotgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarilgan edi.
LiveBarchasi