Vodiy viloyatlarida elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi – vazirlik
Jamiyat
−
10 fevral 2022
8074Ertaga, 11 fevral kuni tunda Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bahor mavsumidagi kuchli shamollar ta’sirida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida favqulodda uzilishlarni oldini olish maqsadida, 500 kVli elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xususan, bugun Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 500 kVli tarmoqlardan birida ta’mirlash ishlari yakunlandi. Ushbu elektr tarmoqlaridan ikkinchisida 11 fevralga o‘tar kechasi, tunda soat 00:00 dan 04:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ta’mirlash olib boriladi.
“Shu munosabat bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli (1 soatgacha) uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi