Vladimir Putin dunyodagi eng xavfli ahmoq – NYT

Olam

image

Amerikaning “The New York Times” nashri Putinni “dunyodagi eng xavfli ahmoq” deb atadi. 

Nashr kolumnisti, uch karra Pulitser mukofoti sovrindori Tomas Fridmanga ko‘ra, Putinning hech qachon “B” rejasi bo‘lmagan, endilikda u g‘alaba qozona olmaydigan, yutqazolmaydigan va to‘xtay olmaydigan vaziyatda qolgan. 

Fridman urushning borishini tahlil qilib, Putinning Ukrainaga urushida hech qanday “B” rejasi bo‘lmagani va u haqiqatdan ham Kiyevni yashin tezligida egallashni va qo‘g‘irchoq hukumat o‘rnatishni maqsad qilganini aytgan. 

Fridmanning yozishicha, zaxira rejasi yo‘qligi sabab Putin “rus xalqiga katta g‘alaba sifatida sotishi mumkin bo‘lgan” hududlarning bir qismida nazoratni saqlab qolish uchun Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga tartibsiz bombardimonlar uyushtirish yo‘lini tanlagan. 

Aslida “B” reja bu “A” reja muvaffaqiyatsizlikka uchraganini yashirish ekani, agar ushbu operatsiyaning nomi bo‘lsa u “obro‘ni saqlab qolish” deb nomlanishi mumkin bo‘lishi ta’kidlangan. Bir mamlakat Prezidentining boshqa davlat fuqarolik infratuzilmasini yo‘q qilishga urinishi ushbu urushni dunyoning eng ma’nosiz to‘qnashuviga aylantirganini yozgan. 

Fridmanning fikriga ko‘ra, Rossiya g‘alaba qozonishi yoki yutqazishidan qat’iy nazar, Putin xohlagan paytda to‘xtashi mumkin. Uning ta’kidlashicha, Prezident aholisining urushdan norozi bo‘lishidan qo‘rqadi va urushning shu vaqtgacha cho‘zilib ketganidan norozi bo‘lgan har qanday odamni qamashga tayyor. 

Garchi Putin “hammasi reja bo‘yicha” ketayotganini aytayotgan bo‘lsada, urushning borishi so‘nggi paytlarda uning aksini ko‘rsatmoqda. Xususan, Kiyevni uch kunda egallashni maqsad qilgan Rossiya armiyasi endilikda uning qarshi hujumga o‘tishiga tayyorlanib, mudofaa choralarini ko‘ryapti.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin NYT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing