Urugvayda yangi Prezident ish boshladi
Olam
−
02 mart 2020
3642Urugvay Senati spikeri Xose Muxika mamlakatning yangi Prezidenti Luis Lakale Pouning qasamyodini qabul qildi va o‘z lavozimiga kirishishini e’lon qildi.
"Konstitutsiya so‘nggi 35 yildan beri to‘liq ishlamoqda. Biz uzoq tarixga merosxo‘rlarmiz va uning davomi uchun javobgarmiz", dedi Lakale Urugvay Milliy majlisida nutq so‘zlar ekan.
2019 yilda 46 yoshli konservativ Lakale Urugvayda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida ikkinchi marta ishtirok etdi. 2014 yilning iyun oyida u o‘ng qanot kuchlaridan yagona nomzod bo‘ldi, ammo ovoz berish natijalariga ko‘ra, sotsialist Tabara Vazkesga yutqazgandi.
Prezident, shuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun zudlik bilan choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi va mamlakatning butun hududi ustidan nazoratni tiklash uchun giyohvand moddalar savdosi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga va’da berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vitse-prezidentlik lavozimini milliy partiya kengashini boshqaruvchi Beatricye Agrimon egallagvn.
LiveBarchasi