Vladimir Norov TIVdan ketdi. O‘rniga Saidov keldi
Jamiyat
−
30 Dekabr 2022 19323 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vladimir Imamovich Norov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Vladimir Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ketgan.
U joriy yilning 9 sentyabridan ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Norov o‘rniga Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Shu munosabat bilan Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
Sohiba Komilovna
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr