Vladimir Etush 96 yoshida vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
09 Mart 2019 12963 1 daqiqa
Sobiq Ittifoq xalq artisti Vladimir Etush 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda Vaxtangov nomidagi teatr direktori Kirill Krok xabar berdi.
Unga ko‘ra, aktyor kecha, 8 mart kuni shifoxonaga yotqizilgan. Bugun, 9 mart kuni soat 12:30 da hayotdan ko‘z yumgan.
Teatr va kino aktyori Vladimir Etush “Kavkaz asirasi”, “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “12 stul” kabi bir qancha mashhur filmlarda rol ijro etgan.
Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr