Vkontakte va Telegram asoschisi Dubayning eng nufuzli kishisi deb topildi

Bu qiziq

image

“Arabian Business” jurnali Vkontakte va Telegram tarmoqlari yaratuvchisi Pavel Durovni Dubaydagi eng nufuzli shaxs sifatida tan oldi. Reyting muallifi tadbirkorning 15,1 milliard AQSH dollari miqdorida boyligi borligiga ishora qilib, uni “rossiyalik Mark Sukerberg” deb atadi. 

Dubayning nufuzli shaxslar reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni "Emirates" aviakompaniyasining prezidenti Tim Klark va eng yirik qurilish kompaniyasi asoschisi Emaar Muxammad Alabbar egalladi. Shuningdek, ro‘yxatda jangchi Konor Makgregor, Tailandning sobiq bosh vaziri Taksin Shinavatra va Duty Free kompaniyasi rahbari Kolm Maklaflin ham bor.

Ma’lumot o‘rnida, Pavel Durov 2014 yilda o‘zining birinchi ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilariga shifrlangan axborotlarni taqdim etish bo‘yicha Rossiya josuslik idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortib, Rossiyani tark etgan.

Rossiyalik tadbirkor 2017 yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarida yashab, faoliyat olib bormoqda. 2021 yil fevral oyining boshida u BAA fuqaroligini oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 88 nafar milliarderdan tashkil topgan “Forbes” nashrining reytingida Pavel Durov kuchli uchlikning oxirgi o‘rnida edi. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing