Vashington qora “ritsar”lar himoyasida. Kongress binosi oldida namoyishchilar yig‘ildi (foto)  

Olam

image

Bugun, 18 sentyabr kuni bir necha yuz kishi AQSH Kongressi devorlari oldiga yig‘ilib, 6 yanvar kuni Kapitoliyga bostirib kirgan ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda

Ma’lum qilinishicha, miting sabab hukumat Vashington markazida xavfsizlik choralarini kuchaytirgan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yuqori shay holatga keltirilgan.

Namoyishchilar “Adolat uchun J6” (Justice for J6 – yanvar tartibsizliklari ishtirokchilariga adolat so‘rab) Kapitoliyga bostirib kirgan 600 dan ortiq gumonlanuvchilarga sudlarda adolatli munosabatda bo‘lishni talab qilmoqda. 

Police officers watch as demonstrators gather for the "Justice for J6" rally in Washington, DC, on September 18, 2021,

Qayd etilishicha, dastlab namoyishchilar ozchilikni tashkil qilgan. Biroq, keyinroq ularning soni bir necha yuz kishiga yetgan. Mahalliy politsiya noqonuniy urinishlarning barchasini oldini olgan. 

Hozircha jiddiy hodisalar yoki tartibsizliklar kuzatilmagan. Shunga qaramay, ba’zi jurnalistlar favqulodda vaziyatda mitingda dubulg‘a kiyib olishgan. Hammadan ko‘ra, politsiya xodimlari yaxshi himoyalangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 yanvar kuni minglab namoyishchilar AQSH Kongressi binosiga bostirib kirgandi. Gap shundaki, o‘sha kuni Kongressining ikkala palatasi a’zolari (Senat va Vakillar palatasi) 6 yanvar kuni yig‘ilib, saylov natijalari, aniqrog‘i Jo Baydennning g‘alabasini tasdiqlashi kerak edi. Namoyishchilar esa aynan shu jarayonga xalaqit berishni maqsad qilgandi. Ularning fikricha, 2020 yilning oxirida bo‘lib o‘tgan AQSH prezidentligi uchun saylovda ular qo‘llab-quvvatlayotgan nomzod – Donald Tramp g‘alaba qozongan edi. Qayd etish kerakki, namoyishga Trampning bir qator provokatsion tvit va chiqishlari sabab bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing