Vinisius “Real” bilan shartnoma uzaytirishga rozi bo‘ldi – manba
Sport
−
14:28 324 1 daqiqa
Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior “Real Madrid” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va insayder Romano Alvares ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yangi bitim 2031 yilgacha amal qiladi. Amaldagi shartnoma esa kelasi yozda o‘z yakuniga yetishi kerak edi.
Avvalroq, Londonning “Arsenal” klubi Vinisiusga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytilishicha, agar “Real Madrid” braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolay olmaganida, “to‘pchilar” madridliklarga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor edi.
Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yilning yozida Braziliyaning “Flamengo” klubidan 45 million yevro evaziga “Real Madrid” safiga qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda u “qaymoqranglilar” safida barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi