Vinisius “Barselona”ga urgan golini nega Ronaldu uslubida nishonladi?

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya superkubogi finalida “Barselona” darvozasiga urilgan golni portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlaganining sababini izohladi.

“Men golni Ronaldu sharafiga “Siu” uslubida nishonladim. U mening kumirim. Men bu jamoadan juda xursandman, biz “Real Madrid”da katta natijalarga erishishni uddalaymiz. Saudiyalik muxlislar menga doimo o‘zgacha hurmat izhor qiladi”, deydi Vinisius.

Qayd etish joiz, El-Klasikoda yettinchi daqiqadayoq Vinisius Junior hisobni ochdi va “qaymoqranglilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior shu vaqtga qadar “Real” safida 10 marta turli musobaqalar finaliga chiqib, shularning 9 tasida g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Krishtianu Ronaldu Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing