“Vikinglar” Braziliyani mundialdan chiqarib yubordi

Sport

image

Bugun, 6 iyul kuni Norvegiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Natijada “vikinglar” tarixda ilk bor mundial chorak finaliga yo‘l oldi.

Uchrashuv AQSHning Nyu-Jersi shtati, Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tdi. Norvegiya safidagi har ikki golga Erling Holand mualliflik qildi. U 79 va 90-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Braziliyaning yagona golini esa Neymar 90+10-daqiqada penaltidan kiritdi. Shuningdek, uchrashuvning 14-daqiqasida braziliyalik Bruno Gimaraynsh penaltidan foydalana olmadi.

shu tariqa, Norvegiya milliy terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi ilk bor chorak final ishtirokchisiga aylandi. Jamoa mundialda to‘rtinchi marta ishtirok etmoqda. Avvalroq, norvegiyaliklar 1994 yilgi musobaqada guruh bosqichidan chiqa olmagan, 1938 va 1998 yilgi chempionatlarda esa 1/8 finalgacha yetib borgan edi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing